Infektsiyalanganlar
Sog’ayganlar
Vafot etganlar
Futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi
12:13 / 04.11.2023     609
“Futbol-taʼlim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
Milliy futbol markazi;
Futbol bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi negizida Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi;
Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi.
Shuningdek, Futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi etib, Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi Respublika futbol akademiyasi etib qayta nomlanadi.
2025-yil 1-yanvardan hududiy futbol akademiyalari, maktablari va boshqa davlat futbol-taʼlim muassasalari trenerlarining Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazidan majburiy ravishda tegishli litsenziyalarni olgandan so‘ng faoliyat ko‘rsatish amaliyoti joriy qilinadi.
2024-yil sentyabrda O‘zbekistonda futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan hududlarda futzal jamoalari tashkil etiladi, shu jumladan professional futbol klublari huzuridagi futzal bo‘yicha asosiy, yoshlar va ayollar jamoalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2024-yil 1-yanvardan professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchi va mutaxassislarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ijobiy xulosasi asosida ularning xususiy sektorda amalga oshiradigan futbolni rivojlantirish loyihalari uchun milliy valyutada 1,5 milliard so‘mgacha 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga imtiyozli kredit ajratiladi.
Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazida “futbol treneri”, “futbol hakami”, “futbol tahlilchisi”, “futbol seleksioneri” (skaut), “sport psixologi”, “futbol menejeri”, “futbol marketologi” kabi mutaxassisliklarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
2024/2025 o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport diyetologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
2024-yil 1-martgacha respublikadagi barcha stadion va futbol maydonlarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi.
2024-yil 1-iyungacha futbol uchrashuvlarini namoyish qilish, futbolni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi.
Eng ommabop yangiliklar
-
MIB Namangan viloyatida oʼzini yoqqan ayolning 13 ming dollar puli nega undirilmaganiga izoh berdi
19:16 / 03.10.2020   3615 -
Ertadan qaysi faoliyat turlariga ruxsat beriladi?
19:03 / 31.05.2020   3255 -
Hurmatli xaydovchilar diqqatiga
20:51 / 09.06.2020   3253 -
“Katta Namangan” kanalidan voyaga yetmagan qizning jasadi topildi. Uni suvga kelinoyisi itarib yuborganligi aytilmoqda
13:24 / 12.04.2021   2621 -
Namozxon bo‘lganim uchun qamalgan edim...
20:27 / 30.05.2020   2378 -
Diqqat❗️ Begona raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilish natijasida hisobingizdan katta miqdordagi mablag‘ yechib olinishi mumkin
14:15 / 13.06.2020   2207 -
Koronavirusning dunyoga foydasi ma'lum qilindi
14:54 / 30.05.2020   2117 -
Namanganda “Qora dori-2020” tadbiri natijasi
21:12 / 10.06.2020   2007 -
15 Kecha koronavirus aniqlangan bemor bir kun o‘tib vafot etdi
18:18 / 31.05.2020   1760 -
O‘zbekistonda bir kunda 2600 dan ortiq fuqaro karantinga olindi
06:48 / 31.05.2020   1494