Инфекцияланганлар
Соғайганлар
Вафот этганлар
Pulga xo'roz urishtiradigan qimorbozlar o'rtasida yuzaga kelgan bo'lishi mumkin izohi bilan tarqalgan video yuzasidan Namangan viloyati IIB ning rasmiy bayonoti
22:08 / 28.08.2021     462
2021 yil 30 iyul' kuni soat 12:40 larda, Norin tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.N., Norin tumanida joylashgan tirik baliqlar sotish do‘koni oldida shu tumanda yashovchi tanishi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro O.V. bilan o‘rtalaridagi kelishmovchilik sababli avtomashina ichida o‘zaro janjallashib, yonida bo‘lgan oshpichoq bilan chap oyoq boldir sohasiga bir marotaba urib o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 30 iyul' kuni O‘z.R JKning 105-moddasi 2-qismi “m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.N.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi doirasida mazkur holat ishtirokchilarini qimorga xo‘roz urushtirish bilan shug‘ullanishlari haqidagi ma'lumot mavjud emasligi sababli, tergov jarayonida ushbu holat, tergov yo‘li bilan tekshirilib huquqiy baho beriladi.
Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ushbu fuqarolarni qimorbozlar deya ta'riflashi uchun avvalo isbot va dalil bo‘lmog‘i lozim. Shu o‘rinda xabar tarqatayotganda xabarda berilgan izohlar aniq faktlarga asoslangan ekanligiga ishonch hosil qilgach, ommaga e'lon qilishlarini so‘rab qolamiz.
Энг оммабоп янгиликлар
-
МИБ Наманган вилоятида ўзини ёққан аёлнинг 13 минг доллар пули нега ундирилмаганига изоҳ берди
19:16 / 03.10.2020   3620 -
Ҳурматли хайдовчилар диққатига
20:51 / 09.06.2020   3259 -
“Катта Наманган” каналидан вояга етмаган қизнинг жасади топилди. Уни сувга келинойиси итариб юборганлиги айтилмоқда
13:24 / 12.04.2021   2626 -
Диққат❗️ Бегона рақамга қайтиб қўнғироқ қилиш натижасида ҳисобингиздан катта миқдордаги маблағ ечиб олиниши мумкин
14:15 / 13.06.2020   2212 -
Наманганда “Қора дори-2020” тадбири натижаси
21:12 / 10.06.2020   2012